21:57 / 04.02.2017
6 046

Ronaldino o‘ziga tegishli “Oltin to‘p”ni “Barselona”ning muzeyiga topshiradi

Ronaldino o‘ziga tegishli “Oltin to‘p”ni “Barselona”ning muzeyiga topshiradi

Kecha, 3 fevral kuni “Barselona” futbol jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldino rasmiy ravishda klubning elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 4 fevral kuni futbolchi o‘z faoliyati davomida qo‘lga kiritgan “Oltin to‘p”ni “Barselona” jamoasining muzeyiga topshirishi haqida ma’lum qildi.

Bu Ronaldinoning “Barselona” futbol jamoasining elchisi sifatida bergan birinchi bayonoti bo‘ldi.
Ronaldinoning “Barselona”ga elchi bo‘lishi futbolchining o‘zi uchun ham, jamoa uchun ham, muxlislar uchun ham ayni muddao bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Ronaldino 2003 yildan 2008 yilga qadar “Barselona” uchun maydonga tushgan. Jamoadagi faoliyati davomida 145 ta matchda qatnashgan. Ushbu matchlar mobaynida u 70 marta gol urgan. 2005, 2006 yillarda u Ispaniya chempionatida, 2006 yilning o‘zida yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldino o‘ziga tegishli “Oltin to‘p”ni “Barselona”ning muzeyiga topshiradi