Bugun, 3 fevral kuni futbol tarixida ajoyib hodisa sodir bo‘ldi. “Barselona” futbol jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldino rasmiy ravishda klubning elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Eurosport.ru”ga tayanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Endilikda sobiq futbolchi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan barcha tadbirlarda klubning vakili sifatida ishtirok etadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad “Barselona” futbol jamoasining nomini yanada targ‘ib etish va odamlarda kataloniyalik futbolchilarga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirishdan iborat.
Ma’lumot uchun, Ronaldino 2003 yildan 2008 yilga qadar “Barselona” uchun maydonga tushgan. Jamoadagi faoliyati davomida 145 ta matchda qatnashgan. Ushbu matchlar mobaynida u 70 marta gol urgan. 2005, 2006 yillarda u Ispaniya chempionatida, 2006 yilning o‘zida yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi