«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakuniga etgach, Londonning «Arsenal» klubini boshqarishni rejalashtirmoqda.
Calciomercato nashri bergan xabarga ko‘ra, 49 yoshli italiyalik mutaxassis bu haqda o‘zining yaqin do‘stlariga ma’lum qilgan.
Allegri «Yuventus» rahbariyati uni etarli darajada qo‘llab-quvvatlamayotganidan norozi bo‘lmoqda. Ayniqsa himoyachi Leonardo Bonuchchi bilan yuzaga kelgan vaziyatda bu yaqqol sezilgan. Endilikda murabbiy jamoani tark etishni istamoqda.
O‘z navbatida turinliklar ham uning o‘rniga boshqa murabbiy izlab, hozircha «Roma» bilan shartnomani uzaytirishni istamagan Luchano Spalletti nomzodiga to‘xtalib turishibdi. Ammo hozircha bunga «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli qarshi bo‘lib turibdi. Sababi, o‘z vaqtida Spalletti «Zenit» bosh murabbiyligini qabul qilib olishdan avval, turinliklar taklifini rad qilgan va bu Anellining hamiyatiga tekkandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi