Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar” ustozi Sergey Lushchan va klub a’zosi Nurullo To‘xtasinov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz zarur. Bizga oson bo‘lmaydi, ammo buning uchun harakat qilamiz. “Bunyodkor” yoshlarga ishonishda davom etadi, ular o‘zbek futbolining kelajagi. Akram Komilov sariq kartochkasi tufayli bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Eldor Shomurodovda biroz charchoq alomatlari bor. Bundan tashqari, u terma jamoa oldida turgan muhim o‘yin uchun jalb qilingan. Ertaga nima bo‘lishini faqat vaqt ko‘rsatadi.
Bo‘lajak o‘yin uchun tayyorlagan rejamiz bor. Bundan tashqari boshqa rejalar ham tuzib qo‘yganmiz. Ammo ular haqida hozir ayta olmayman. Barchasi ertaga maydonda namoyon bo‘ladi”, – dedi Sergey Lushchan.
“Bunyodkor” ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi. Jamoa bunga tayyor, ichki muhit ham yaxshi. Shuning uchun ertangi bahsda muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. “Zob Ahan”dan qo‘rqmasdan harakat qilamiz”, – deya o‘z fikrini bildirdi Nurullo To‘xtasinov.
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Zob Ahan” bellashuvi ertaga, 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi