10:35 / 06.04.2017
4 774

Shohruz Norxonov «Obod»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Shohruz Norxonov «Obod»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Toshkentning “Obod” jamoasi telegramdagi rasmiy sahifasida mart oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi, deb yozadi "Uff.uz".

Unga ko‘ra, mart oyining eng yaxshi o‘yinchisini deb iqtidorli hujumchi Shohruz Norxonov etakchilik qildi. Shohruz respondentlarning 52 foiz ovoziga egalik qildi. Ikkinchi o‘rin ikkita goli bilan jamoa to‘purari bo‘lib turgan yana bir hujumchi Navro‘z Haipovga nasib etdi.

Jamoa sardori Doniyor Hasanov uchinchi, Buxorodagi 3-tur uchrashuvida g‘alaba to‘piga mualliflik qilgan G‘ayrat Umirov to‘rtinchi bo‘ldi. Tajribali himoyasi Anvar G‘ofurov esa beshlikni yakunlab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohruz Norxonov «Obod»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi