21:08 / 01.05.2017
5 471

Hasanboy Do‘smatovning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Hasanboy Do‘smatovning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi
“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionati davom etmoqda. Ayni vaqtda 46-49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschilarning chorak final yo‘llanmasi uchun kurash davom etmoqda.

Ushbu vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov shri-lankalik raqibi Palleha Sivankani mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.

Qur’a natijasiga ko‘ra, ulardan so‘ng ringga ko‘tarilgan qozog‘istonlik Erjon Jo‘mart va tayvanlik Lin Hong-Da juftligi g‘olibi chorak finalda Hasanboyga qarshi kurash olib borishi kerak edi. Qizg‘in bahslarda qozog‘istonlik Jo‘mart raqibidan ustun keldi.

Shunday qilib, Hasanboy chorak finalda qo‘shni davlat bokschisiga qarshi ringga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatovning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi