21:19 / 16.05.2017
5 681

«Paxtakor»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan xorijlik mutaxassis nomi ma’lum bo‘ldi

«Paxtakor»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan xorijlik mutaxassis nomi ma’lum bo‘ldi
Rossiyaning «Krasnodar» klubi sobiq bosh murabbiyi Oleg Kononov ikkinchi davradan boshlab Toshkentning «Paxtakor» klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda Tribuna.Uz‘ga vaziyatdan xabardor manbalar ma’lum qilgan.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Paxtakor» ikkinchi davradan boshlab jamoani boshqaradigan mutaxassisni xorijdan qidirmoqda. Bu yo‘lda jamoa birinchi navbatda asli belaruslik bo‘lgan Kononov bilan jiddiy qiziqmoqda.

Ma’lumot uchun, Oleg Kononov Odil Ahmedov to‘p surgan paytlarda «Krasnodar»ni boshqargan va jamoaning ilk marta Rossiya chempionatida sovrinli o‘rinni egallashiga ko‘maklashgandi. O‘tgan mavsumda Kononov iste’foga chiqarilgan va uning o‘rniga Igor Shalimov jalb qilingandi. Shalimov kelgach, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qota boshlagan Odil Ahmedov ham jamoani tark etgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kononovga qiziqayotgan faqat «Paxtakor» emas. Qozog‘istonning «Qayrat» klubi ham yozda Kononovni jamoaga taklif etishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Paxtakor» rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lgandi. Undan oldinroq esa jamoani rossiyalik milliarder Alisher Usmonov sotib olgani va jamoani oldingi darajasiga qaytarish uchun bir qator katta o‘zgarishlar amalga oshirilishi xabar qilingandi. Ammo bu xabar tasdiqlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan xorijlik mutaxassis nomi ma’lum bo‘ldi