Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederasiyalar kubogi-2017 turnirida uchinchi o‘rin uchun uchrashuvda ishtirok etmaydi. Marca nashrining xabar berishicha, murabbiylar shtabi Madridning «Real» jamoasi futbolchisiga o‘zining yangi tug‘ilgan farzandlarini ko‘rish uchun jo‘nab ketishga ruxsat bergan.
«Men terma o‘yinlariga bor diqqatni jamladim, bu hattoki ikki nafar farzandim dunyoga kelganini bilganimdan so‘ng ham davom etdi. Afsuski, musobaqadagi bosh maqsadga erisha olmadik, biroq, ishonchim komilki, portugaliyalik ishqibozlarga quvonch taqdim etishda davom etamiz. Farzandlarimizni ilk bora ko‘rishimdan juda xursand bo‘laman», - deya yozdi Krishtianu «Feysbuk»dagi sahifasida.
11 iyun kuni Krishtianu Ronaldu egizak farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Konfederasiyalar kubogi-2017 yarim finalida Chiliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Yakshanba kuni Fernandu Santush shogirdlari turnirdagi oxirgi uchrashuvda Germaniya va Meksika terma jamoalari uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi uchinchi o‘rin uchun o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi