O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Janubiy Koreya termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shin Te Yong terma jamoa bosh murabbiyiga aylandi. Koreyalik 46 yoshli mutaxassis bunga qadar Janubiy Koreya U-20 terma jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan edi.
Futbolchilik faoliyati davomida yarim himoyachi ampluasida to‘p surgan Shin Te Yong milliy terma jamoa safida 23 o‘yin o‘tkazib, 3 ta golga mualliflik qilgan. Murabbiylik faoliyatida u “Brisben Roar” (Avstraliya, 2005–2008), “Seongnam Inxva Chunma” (2009–2012) klublarida murabbiy yordamchisi, bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi, bosh murabbiy lavozimlarida ishlagan. 2014–2016 yillarda Shin Te Yong Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi va bosh murabbiy assistenti bo‘lgan.
Shuningdek, Shin Te Yong 2015–2016 yillarda Janubiy Koreya olimpiya termasi, 2016 yildan bugungi kunga qadar Janubiy Koreya U-20 termasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi o‘rtalarida Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi JCh–2018 saralashidagi qoniqarsiz natija tufayli germaniyalik mutaxassis Uli Shtilikeni bosh murabbiy lavozimidan ozod etgandi.
Ma’lumot uchun, 31 avgust kuni Janubiy Koreya termasi o‘z maydonida Eron bilan kuch sinashsa, 5 sentyabr Toshkentda O‘zbekistonga qarshi bahs yuritadi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”