17:32 / 08.07.2017
5 058

«Manchester Siti» yozdagi eng muhim transferni amalga oshirmoqchi...

«Manchester Siti» yozdagi eng muhim transferni amalga oshirmoqchi...
«Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches jamoasini almashtirishni istamoqda, deb yozadi Tribuna.uz sayti.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Sanches Xosep Gvardiola bilan yana birga ishlash uchun, u ustozlik qilayotgan «Manchester Siti»ga o‘tishni istamoqda. Shuningdek futbolchi «Arsenal»ga va bosh murabbiy Arsen Vengerga hurmatini saqlab qolishini, lekin uning uchun Evropa chempionlar ligasida ishtirok etish muhim ekanini tushuntirishga harakat qilmoqda. Londonliklar uzoq tanaffusdan so‘ng yangi mavsumda bu musobaqada ishtirok eta olishmaydi.

Sanches «Manchester Siti»dan taklif bo‘lgan va futbolchi bu taklifga rozilik ham bildirgan. Mankunianlar endi «Arsenal»ga futbolchi transferi uchun 47 million funt sterling taklif qilishmoqda.

Sanchesning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar mo‘ljallangan. Londonliklar futbolchiga yangi shartnoma taklifi bilan chiqishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» yozdagi eng muhim transferni amalga oshirmoqchi...