07:52 / 18.08.2017
6 014

FIFA 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan «The Best» sovriniga davogarlar ro‘yxatini e’lon qildi

FIFA 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan «The Best» sovriniga davogarlar ro‘yxatini e’lon qildi
FIFA 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga davogar 24 nomzodni e’lon qildi.
Ovoz berish jarayonlarida terma jamoa murabbiylari va sardori, jurnalistlar, hamda muxlislar ishtirok etadilar. Ovoz berish jarayoni 21 avgustda boshlanib, 7 sentyabrgacha davom etadi.

Shundan so‘ng sentyabr o‘rtalarida nomzodlar uchligi e’lon qilinadi va sovrin 23 oktyabr kuni Londonda topshiriladi.
Ular bilan tanishing:

Darvozabonlar: Djanluidji Buffon (Italiya, «Yuventus»), Manuel Noyer (Germaniya, «Bavariya»), Keylor Navas (Kosta-Rika, «Real»).

Hiomyachilar: Leonardo Bonuchchi (Italiya, «Yuventus»/«Milan»), Serxio Ramos (Ispaniya, «Real»), Daniel Karvaxal (Ispaniya, «Real»), Marselo (Braziliya, «Real»).

Yarim himoyachilar: Ngolo Kante (Fransiya, «Chelsi»), Luka Modrich (Xorvatiya, «Real»), Toni Kroos (Germaniya, «Real»), Andres Inesta (Ispaniya, «Barselona»), Arturo Vidal (Chili, «Bavariya»).

Hujumchilar: Eden Azar (Belgiya, «Chelsi»), Aleksis Sanches (Chili, «Arsenal»), Neymar (Braziliya, «Barselona»/«PSJ»), Xarri Keyn (Angliya, «Tottenxem»), Per-Emerik Obameyang (Gabon, «Borussiya» Dortmund), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Real»), Luis Suares (Urugvay, «Barselona»), Paulo Dibala (Argentina, «Yuventus»), Antuan Grizmann (Fransiya, «Atletiko»), Zlatan Ibragimovich (Shvesiya, «Manchester Yunayted»), Robert Levandovski (Polsha, «Bavariya»), Lionel Messi (Argentina, «Barselona»).


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan «The Best» sovriniga davogarlar ro‘yxatini e’lon qildi