04:00 / 21.08.2017
5 065

La-liga. «Barselona» g‘alaba bilan boshladi

La-liga. «Barselona» g‘alaba bilan boshladi
Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Kataloniyaning «Barselona» klubi «Betis»ni qabul qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Jerar Deulofeuning o‘ng qanotdan etkazib bergan to‘pini Toshka o‘z darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ygan bo‘lsa, 39-daqiqada yana Deulofeuning uzatmasidan keyin bu safar Serxi Roberto deyarli bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklarda bir qator imkoniyatlar bo‘lsada, ular bu vaziyatlardan foydalana olishmadi va natijada 2:0 hisobi saqlanib qolindi. Shu tariqa «Barselona» birinchi turni g‘alaba bilan boshladi.

Ispaniya La-ligasi, 1-tur

Barselona – Betis 2:0 (2:0)
Gollar: Toshka (36, avtogol), Serxi Roberto (39).
Barselona: ter Stegen, Maskerano, Alba (Din, 87), Nelson Semedu, Umtiti, Serxi Roberto, Buskets, Rakitich, Deulofeu (Aleish Vidal, 72), Messi, Pako Alkaser (Denis Suares, 82).
Betis: Adan, Mandi, Toshka, Barragan, Feddal, Sanches, Kamarasa (Fabian Ruis, 78), Guardado, Matias Nauel (Gerrero, 72), Narvaes (Garsiya, 68), Leon.
Ogohlantirishlar: Alba (52), Matias Nauel (63).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La-liga. «Barselona» g‘alaba bilan boshladi