15:02 / 09.09.2017
6 273

“Tilla bola”ni Buxoroda tantanali ravishda kutib olishdi!

“Tilla bola”ni Buxoroda tantanali ravishda kutib olishdi!
Joriy yilning 2 sentyabr kuni Germaniyaning Gamburg shahrida yakuniga yetgan boks bo‘yicha jahon chempionatida
-69 kg vazn toifasida ishtirok etib, chempionga aylangan Shahram G‘iyosov o‘zi tug‘ilib o‘sgan zamin — Buxoroga bugun yetib bordi.

Shahram G‘iyosovni Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Nosirov Jamol Shuhratovich hamda sportchining yaqinlari Buxoro viloyat aeroportida tantanali ravishda kutib olishdi.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov o‘z vazni toifasida jahon chempionligiga erishish bilan birga “AIBA” boks federatsiyasi o‘tkazgan so‘rovnomada raqiblarini ortda qoldirib, “musobaqaning eng yaxshi bokschisi” nomiga ham sazovor bo‘lgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Tilla bola”ni Buxoroda tantanali ravishda kutib olishdi!