JCH–2018: 32 ta jamoa nomlari ma’lum. So‘nggi ishtirokchi Peru

  • 16-11-2017, 17:24
  • 2 119
  • Sport
  • JCH–2018: 32 ta jamoa nomlari ma’lum. So‘nggi ishtirokchi Peru
    Bugun, 16 noyabr kuni 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga chiqish uchun so‘nggi o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi.

    Unda Peru hamda Yangi Zelandiya terma jamoalari javob bahsida maydonga tushishdi. O‘z maydonida katta ustunlikga ega bo‘lgan Peru terma jamoasi Farfan va Kristian Ramosning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchishdi va so‘nggi yo‘llanma sohibiga aylanishdi.

    Avval xabar berib o‘tganimizdek, Peru terma jamoasi mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandan so‘ng bugun, 16 noyabr kuni mamlakatda dam olish kuni deya e’lon qilindi.

    Peru–Yangi Zelandiya — 2:0.
    Gollar:
    1:0 – 28 Farfan, 2:0 – 65 Ramos.

    Peru: Galyese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges, Kueva (Sela, 86), Tapiya, Polo (Karrilo, 74), Farfan, Flores, Ruidias (Yotun, 66).
    Yangi Zelandiya: Marinovich, Rid, Dyurent (Brokki, 77), Uinn, Boksell, Lyuis (Roxas, 59), Kolvi, Tuiloma (Vud, 46), Tomas, Barbaruses, Makglinchi.
    Ogohlantirishlar: Tomas (19), Flores (22), Ramos (75), Galyese (80).
    Dastlabki uchrashuv: 0:0.

    Eslatib o‘tamiz, kecha Avstraliya terma jamoasi o‘z maydonida Gondurasni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 31-yo‘llanmaga ega bo‘lgandi.

    Guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 1 dekabr kuni o‘tkaziladi. Qur’a tashlash marosimida, ya’ni jahon chempionati guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi va ularning nomi quyida e’tiboringizga taqdim etilmoqda. Ro‘yxatda O‘zbekiston terma jamoasining yo‘qligi esa barchaga ma’lum.

    Quyida JCH–2018da ishtirok etadigan jamoalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing:

    JCH–2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyun kunidan 15 iyul kuniga qadar Rossiyaning 11 shahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donudagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

    Musobaqaning amaldagi chempionlari — Germaniya terma jamoasi mundial yo‘llanmasiga avvalroq ega chiqishgan.

    » » JCH–2018: 32 ta jamoa nomlari ma’lum. So‘nggi ishtirokchi Peru