08:24 / 22.12.2017
5 061

Neymar: “Real”ni ChLdan chiqarib yubormoqchimiz”

Neymar: “Real”ni ChLdan chiqarib yubormoqchimiz”
“PSJ” hujumchisi Neymar ChL 1/8 finalida “Real”ga qarshi bahsdan nimalarni kutayotganligi haqida gapirdi.

Braziyalik futbolchining fikricha, parijliklar Madrid klubini turnirdan chiqarib yuborishga qurbi yetadi.

“Biz tarixni yaratmoqchimiz – “Real”ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Oldimizda qiyin uchrashuvlar turganini bilamiz. Jamoa tarkibidagi ko‘plab futbolchilar bir necha yillardan buyon birga to‘p tepib kelishadi. Madridliklar qatorasiga uchinchi bor ushbu musobaqada g‘olib chiqishni istashmoqda, ammo men ishonamanki, biz ularni mag‘lub eta olamiz.

Keyingi yil “Oltin to‘p”ni yutish imkoniyatim haqida gapiradigan bo‘lsam, bu faqat mendan emas, jamoadoshlarim va jamoam ko‘rsatadigan natijaga bog‘liq. Albatta, JCh-2018 dagi ishtirok bu sovrinni qo‘lga kiritishda eng muhim holat bo‘lishi, shubhasiz” deya Neymarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar: “Real”ni ChLdan chiqarib yubormoqchimiz”