22:10 / 27.12.2017
7 203

Jamshid Najmiddinov 30 dekabr kuni chempionlik uchun jangga chiqadi

Jamshid Najmiddinov 30 dekabr kuni chempionlik uchun jangga chiqadi
Professional ringda muvafaqqiyatli faoliyat olib borayotgan professional bokschimiz Jamshidbek Najmiddinov (15-1-0, KO10) o‘zining navbatdagi jangini 30 dekabr kuni Qozog‘istonning Alma Ata shahrida o‘tkazadi.

Mazkur boks kechasida hamyurtimizga qarshi indoneziyalik Xero Tito (Hero Tito) (37-12-2, KO8) ringga ko‘tariladi. Buka Boxing va Timurlan Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinayotgan jangda g‘olib bokschi WFA (World Fighting Assotiation) versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi va kamarini qo‘lga kiritadi.

– O‘ylaymanki, indoneziyalik bokschi bu yerga mag‘lubiyat uchun kelayotgani yo‘q, ammo men ham Vatanim uchun g‘alaba qozonishga va bayrog‘imizni yuqori ko‘tarishga harakat qilaman. Kirib kelayotgan yangi 2018 yilga halqimizga, muxlislarimizga munosib sovg‘a bo‘lishi uchun bor kuchimni va mahoratimni ishga solishga va’da beraman, – deydi bokschimiz SPORTS.uz internet portaliga.

Eslatib o‘tamiz, Jamshid Najmiddinov so‘nggi marta 18 noyabr kuni ringga ko‘tarilib, Mansur Abdumamatovni texnik nokautga uchratgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jamshid Najmiddinov 30 dekabr kuni chempionlik uchun jangga chiqadi