20:35 / 15.01.2018
6 747

O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun asosiy da’vogar aniq bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun asosiy da’vogar aniq bo‘ldi
Serbiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Slavolyub Muslin O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun eng asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar Tribuna.Uz‘ga ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Serbiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘lgan. Hozircha uning shartnoma muddati va shartlari borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi o‘z terma jamoasi bilan 2018 yilgi mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, ammo terma jamoada faoliyatini to‘xtatgan murabbiy bosh murabbiylikka tayinlanishi mumkinligini bildirgandi. Shuningdek dekabrda e’lon qilingan nomzodlar orasida ham aynan Muslin nomi tilga olingan.

Ma’lumot uchun, Slavolyub Muslin boshchiligidagi Serbiya terma jamoasi Yevropa mintaqasi saralash bosqichi o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Ammo o‘tgan yilning oktyabrida Serbiya futbol federatsiyasi bilan fikri bir joydan chiqmay qolgan Muslin ikki tomon kelishuviga binoan iste’foga chiqqandi.

O‘tgan yil so‘ngida Muslinga Bosniya va Gersegovina terma jamoasini boshqarish taklifini bildirishgan, biroq 64 yoshli mutaxassis bu taklifga rad javobini berib, buni quyidagicha izohlagandi: «Birinchi bo‘lib Bosniya futboli rahbarlaridan telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Ammo bu taklifni rad etib, ularga yaxshisi boshqa murabbiy bilan aloqaga chiqishni maslahat berdim. Menga hozir Bosniyadan ko‘ra, qiziqarliroq bo‘lgan terma jamoalardan takliflar bo‘lmoqda», degandi Muslin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish uchun asosiy da’vogar aniq bo‘ldi