19:53 / 23.01.2018
4 394

Parijdan tabrik! O‘FF prezidenti O‘zbekiston terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

Parijdan tabrik! O‘FF prezidenti O‘zbekiston terma jamoasiga tabrik yo‘lladi
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov U-23 Osiyo chempionatida yarim finalida ajoyib o‘yin namoyish etib, Janubiy Koreyani 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini final yo‘llanmasi bilan tabrikladi.

“Uchrashuvni Parijdan tomosha qilishimizga to‘g‘ri keldi. Toshkentga qaytishimiz oldidan yigitlarimizning tarixiy natija qayd etib, finalga yo‘l olgani kayfiyatimizni ko‘tarib yubordi.

Biroq, bu hali hammasi emas. Ko‘zi yonib turgan futbolchilarimiz finalda ham shunday tempda to‘p surib, qit’a chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishlariga ishonaman.

Natijadan juda xursandman. Bu tasodifiy g‘alaba emasligi kishini ikki karra xursand qiladi. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, yigitlarimizda ishtiyoq juda baland.

Bu futbolchilarimiz uyg‘onayotganidan darak bo‘lsa, ajab emas. Axir biz Yaponiya, Janubiy Koreya kabi termalarni yirik hisoblarda mag‘lub etmoqdamiz.

Ba’zida shunday, muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol o‘ynab, yakunda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham olqishlanadi. Muhimi, futbolni yurakdan o‘ynash. Men so‘nggi ikki bellashuvda shuni ko‘rdim”, deydi Umid Ahmadjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parijdan tabrik! O‘FF prezidenti O‘zbekiston terma jamoasiga tabrik yo‘lladi