11:04 / 08.03.2018
3 603

YECHL. “Siti” o‘z maydonida “Bazel”ga yutqazib, keyingi bosqichga chiqdi

ЕЧЛ. "Сити" ўз майдонида "Базель"га ютқазиб, кейинги босқичга чиқди
2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining navbatdagi javob o‘yinlari o‘tkazildi.

Ilk o‘yinda 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan “Manchester Siti” o‘z maydonida “Bazel”ni qabul qildi. Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin ham gollarga boy bo‘ldi va unda 1:2 hisobida “Bazel” g‘alaba qozondi.

8-daqiqada Jezus hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib, Elyunussi hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 71-daqiqadasi Lang gol urib, mehmonlarga g‘alaba keltirdi. Shunday bo‘lsa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Manchester Siti” keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Manchester Siti – Bazel 1:2
Gollar:
1:0 – 8 Gabriel Jezus, 1:1 – 17 Elyunussi, 1:2 – 71 Lang.

Manchester Siti – Bravo, Laport, Danilo, Stounz, Zinchenko, Gyundogan (Braim Dias, 66), Ture, Sane, Foden (Adarabioyo, 89), Bernardu Silva, Gabriel Jezus.

Bazel – Vaslik, Lang, Lakrua, Suxi, Riveros, Dzuffi, Fray, Byua (Shtoker, 68), Die, Elyunussi, Oberlen (van Volfsvinkel, 74).

Ogohlantirishlar: Lakrua (44), Gabriel Jezus (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. “Siti” o‘z maydonida “Bazel”ga yutqazib, keyingi bosqichga chiqdi