20:56 / 10.03.2018
4 102

Mirjalol Qosimov: “Derbiga xos muhit ostida o‘ynash yoqimli”

Миржалол Қосимов: "Дербига хос муҳит остида ўйнаш ёқимли"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

Mirjalol Qosimov: - Derbiga xos o‘yin bo‘ldi. Shiddatli futbol guvohiga aylandik. “Bunyodkor” libosida tushgan shogirdlarimdan faxrlanaman. Birinchi bo‘limda tashabbus raqib tomonda bo‘ldi. Ammo tanaffusdan so‘ng har ikkala jamoa g‘alabaga loyiq o‘ynadi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarga katta rahmat. Ular bugun stadionda ajoyib muhit yaratishdi. Derbiga xos muhit ostida o‘ynash yoqimli. Agarda har uchrashuvda muxlislar tashrifi shunday bo‘lib tursa, unda futbolchilar maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishadi, ularda motivatsiya oshadi.

Jiddiy va keskin o‘yinda tez fikrlab, sovuqqon futbol o‘ynashga har qanday futbolchi qiynaladi. Aynan shu kabi o‘yinlar orqali futbolchilar yangi darajaga chiqadi. Shunda futbolchilarning maydonda fikrlash doirasi kengayadi.
Rayevas nega tushmadi? Unda kichik jarohat mavjud edi. Qolaversa raqibdan kelib chiqib taktika tanlagandik.

Bir jamoani shakllantirish uchun ma’lum vaqt kerak. Jamoaga yangi qo‘shilgan o‘yinchilarning darajasi tarkibdagi futbolchilar bilan bir xil saviyada. Ketgan futbolchilarga omad tilaymiz. Garchi yetakchilar ketgan bo‘lsada mayli, bundan fojia yasamaymiz. Aksincha yangilarini ihtiro qilamiz. Darvozabonlarga har doim bir xil imkoniyat beramiz. Bugun Zuhurov ishonchni to‘liq oqladi.


Murod Zuhurov: - Derbiga tayyorgarlik o‘zgacha bo‘ladi. Futbolchilar bilan bu o‘yinga jiddiy yondoshgan holda chiqdik. Murabbiylar ko‘rsatmasi ostida muhim va juda kerakli g‘alabani qo‘lga kiritdik. Penaltini qaytarishda tavakkal sakramadim, shunchaki futbolchini zarbasiga qarab reaksiya qildim. Muxlislarga katta rahmat aytaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: “Derbiga xos muhit ostida o‘ynash yoqimli”