22:11 / 06.04.2018
4 428

Ulug‘bek Baqoyev: “Paxtakor” jamoasini yaxshi bilaman

Ulug‘bek Baqoyev: “Paxtakor” jamoasini yaxshi bilaman
Bugungi “Buxoro”-“Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Buxoro” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev va yarim himoyachi Shavkat Salomovlar o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda "Buxoro" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Avvalombor yigitlarga va “Buxoro” muxlislariga bizni qo‘llab-quvvatlashgani uchun raxmat aytaman va barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi uchrashuvda barcha yigitlar o‘yinga berilib o‘ynadi va buni natijasini olishdi.

Jarohat olgan yigitimiz - Amanov Arslanmuratni ahvoli haqida shifokor tashxis qo‘ymaguncha hozircha hech nima deya olmayman. Ertaga shifokor nazoratidan so‘ng bari aniq bo‘ladi. Shuningdek “Paxtakor” jamoasini yaxshi bilaman. Ular ham kuchli jamoa desam yanglishmayman. Keyingi o‘yinda ularga omad tilayman", - deb aytib o‘tdi Baqoyev.

Shavkat Salomov: Barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. “Paxtakor” bugungi kunda kuchlilar safidaligini bilamiz. Biz “Bunyodkor” bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng ancha ruhiy tushkunlikka tushgan edik. Bugun biz murabbiyimizning o‘rgatgan taktikalarini 100 foizga bajardik va g‘alabaga erishdik. Shuning uchun bugungi g‘alabamizni ularga bag‘ishlaymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: “Paxtakor” jamoasini yaxshi bilaman