08:02 / 29.06.2018
3 620

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Yevropaga vakil tayinladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Yevropaga vakil tayinladi
Foto: “the-uff.com”
Yevropa futbolini yaqindan o‘rganish, Yevropa futbol assotsiatsiyalari va kuchli jamoalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida O‘FA Yevropada o‘z vakilini tayinlashga qaror qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Dilshod Ro‘zmetov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Yevropadagi vakili etib tayinlandi. Uning Yevropadagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
  • Futbolchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlari va menedjerlar tayyorlashning (keyinchalik O‘zbekistonda qo‘llashga mo‘ljallangan) zamonaviy Yevropa texnologiyasi va nazorati uslublarini o‘zida aks ettirgan tajriba va ma’lumotlarni to‘plash;
  • Yevropa futbol federatsiyalarining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikka bo‘lgan qiziqishlari haqidagi barcha ma’lumotlarni jamlash;
  • O‘zbek futbolining raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish va O‘zbekiston terma jamoasi hamda professional klublarining nufuzli xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilash maqsadida, tajribali xorij ekspertlari va mutaxassislarini O‘zbekistonda master klasslar o‘tkazishga jalb qilish;
  • O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va xalqaro futbol tashkilotlarining o‘zaro amaliy uchrashuvlarini tashkil etish ishlarida ishtirok etish.

Ma’lumot uchun: Dilshod Ro‘zmetov 1979 yilda tug‘ilgan. Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olgan. Xalqaro huquq bo‘yicha bakalavr va magistr darajasiga ega. Shuningdek, Bremen (Germaniya) Universitetining Yevropa va Xalkaro huquq bo‘yicha master darajali (LL.M.EUR) bitiruvchisi. O‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarini mukammal biladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Yevropaga vakil tayinladi