09:55 / 19.07.2018
3 519

Shota Arveladze: "Navoiyda o‘ynash doim og‘ir"

Шота Арвеладзе: "Навоийда ўйнаш доим оғир"
"Qizilqum" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yinni juda ham sekin boshladik. Raqib ham ko‘proq to‘pni nazorat qildi. Biz mana shunday golni kutgandik. Raqiblarda ko‘p imkoniyat bo‘ldi, darvozabonimiz qutqardi. Oxirgi 15 daqiqada o‘yinga qaytdik. Bu chiroyli g‘alaba bo‘ldi. "Qizilqum"ga keyingi uchrashuvda omad tilayman.

Biz agressiv o‘ynamadik, o‘tkazilgan golni o‘zimiz olib keldik. Navoiyda o‘ynash doim og‘ir. O‘tgan mavsumda bu yerda durang o‘ynagandik. Maydon eng yaxshilaridan biri, stadiondagi muhit ham ajoyib bo‘ldi. Futbol ko‘rish uchun kelgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ularning sevimli jamoasi g‘alaba qozona olmagan bo‘lsa ham, qandaydir dramani ko‘rishdi", - deydi Shota Arveladze.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Navoiyda o‘ynash doim og‘ir"