21:12 / 04.08.2018
4 157

Davron Fayziyev: Ektor Kuper – bu “romantik futbol” (+video)

Davron Fayziyev: Ektor Kuper – bu “romantik futbol” (+video)
Bir necha kun oldin O‘FA rasmiy saytida Ektor Kuper O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga olishi borasida ma’lum qilindi. Ushbu xabardan oldin va keyin OAVda mutaxassis bilan bog‘liq turli xil statistikalar paydo bo‘ldi. Lekin Kuperning uslubi borasida aytarli ma’lumotlar berilmagan.

“SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining bir necha oy oldingi sonida Davron Fayziyev aynan Ektor Kuperning uslubi borasida fikr yuritgandi.

Quyida taniqli sharhlovchi, “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining boshlovchilaridan biri Davron Fayziyevning milliy terma jamoamizning yangi ustozi borasida bildirgan fikrlari bilan tanishishingiz mumkin:

- Kuper jamoalarining uslubi himoyani ushlab, qarshi hujumda rangbaranglik ko‘rsatadi. Ular maydonda raqibga joy bermaydi, pressing qiladi, doim harakatda.

Ektor Kuper “Valensiya”da murabbiylik qilgan paytida “romantik futbol” degan ibora paydo bo‘lgandi. Bu “Valensiya” klubiga nisbatan ishlatilgan.

Ushbu iboraning beshafqatroq varianti - “Liverpul”. Klopp shogirdlarini agar kimdir xafa qiladigan bo‘lsa, qattiq javob bera olishadi. “Valensiya” esa “Liverpul” kabi qattiqqo‘l bo‘lmagani uchun ham bir paytlar YeChL finalida ikki bor mag‘lubiyatga uchragan. Lekin o‘z zamonasi uchun syurpriz klub bo‘lib Ispaniyada ancha muvaffaqiyatga erishgan, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: Ektor Kuper – bu “romantik futbol” (+video)