04:47 / 24.09.2018
3 560

La Liga. “Barselona” oʻz maydonida ochko yoʻqotdi

Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида очко йўқотди

Ispaniya chempionati 5-turidan joy olgan navbatdagi oʻyinlar oʻtkazildi. 

“Barselona” oʻz maydonida “Jirona”ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang oʻynadi. 

Maydon egalari safida Messi hamda Pike 1tadan gol urgan boʻlsa, mehmonlar tarkibida Stuani dubl qayd etdi.

Shuni qayd etish kerakki, 35-daqiqada “Barselona” himoyachisi Langle qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Barselona – Jirona 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 1:0 – 19 Messi, 1:1 – 45 Stuani, 1:2 – 51 Stuani, 2:2 – 63 Pike.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur (Koutino, 58), Buskets, Vidal (Rakitich, 58), Dembele (Umtiti, 46), Messi, Suares.
Jirona – Bunu, Espinosa, Alkala, Xuanpe, Aday, Portu (Dumbiya, 85), Aleish Garsiya (Garsiya, 46), Granel (Duglas Luis, 72), Pons, Munyesa, Stuani.
Ogohlantirishlar: Nelson Semedu (12), Artur (15), Stuani (16), Espinosa (39), Xuanpe (61), Alkala (68), Pike (81).
Chetlatish: Langle (35). 

Manba: Kun.uz 

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. “Barselona” oʻz maydonida ochko yoʻqotdi