Umid Ahmadjonov OFK Prezidenti Shayx Salmonni kutib oldi

  • 24 sentyabr 2018, 20:54
  • 1 731
  • Sport
  • Umid Ahmadjonov OFK Prezidenti Shayx Salmonni kutib oldi

    Hozirgina yurtimizga Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa tashrif buyurdi. Bu haqda OʻFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

    Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”da ushbu martabali mehmonni OʻFA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mutasaddilar kutib olishdi. OFK prezidentining tashrifidan maqsad, OFK Ijroqoʻmining Toshkentda birinchi marotaba oʻtkazilayotgan ytgʻilishida ishtirok etishdir.

    26 sentyabr kuni Toshkent shahri ushbu yigʻilishga mezbonlik qiladi. Bugun shuningdek, yurtimizga OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon ham yetib kelgan xaqida xabar berib oʻtgan edik.

    Poytaxtimiz bunday tadbirga birinchi marta mezbonlik qilayotganini alohida eʼtirof etish kerak. OFK Ijroqoʻmining navbatdagi yigʻilishining aynan yurtimizda oʻtkazilishi, OFK hamda OʻFA oʻrtasidagi aloqalar mustahkamligi yoʻlida navbatdagi qadam vazifasini oʻtab beradi.

    Yigʻilish Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida oʻtkaziladi.

    » » Umid Ahmadjonov OFK Prezidenti Shayx Salmonni kutib oldi