Milan Menyan bilan 2031 yilgacha kelishuvni uzaytirmoqchi

Fransuz darvozaboni Mayk Menyan o‘zining hozirgi jamoasi — «Milan» bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sport xabariga ko‘ra, tomonlar bitimni 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallamoqda. Yangi kelishuvga asosan, Menyan «rossoneri»ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylanadi — uning yillik maoshi 5,7 million yevroni tashkil etadi.
Hozir amal qilayotgan shartnoma esa kelasi yozda yakunlanadi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida 30 yoshli posbon 16 uchrashuvda maydonga tushdi: 13 gol o‘tkazib yubordi va 8 bahsda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing