date

Messining kelajak rejasi: u o‘zini murabbiy sifatida ko‘radimi?

Messining kelajak rejasi: u o‘zini murabbiy sifatida ko‘radimi?

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi futbolchilik faoliyatini yakunlagandan keyin o‘zini qayerda, qanday rolda ko‘rishini ochiq aytdi. Uning gaplaridan bilinishicha, muxlislar kutgan “Messi — murabbiy” ssenariysi hozircha unga yaqin emas.

Jahon futbolining tirik afsonasi rostdan ham murabbiylik g‘oyasi yoqimli ko‘rinishini tan oldi. Ammo tanlov qilishiga to‘g‘ri kelsa, u boshqa yo‘lni — klub egasi bo‘lishni afzal ko‘rar ekan. Messi uchun bu oddiy “nom uchun lavozim” emas, balki katta loyiha: o‘z klubini noldan qurish, uni bosqichma-bosqich o‘stirish, tizim yaratish.

“Rostini aytsam, o‘zimni murabbiy sifatida ko‘rmayapman. Murabbiy bo‘lish g‘oyasi yoqadi, lekin agar tanlashim kerak bo‘lsa, klub egasi bo‘lishni afzal ko‘raman”, — deya fikr bildirdi Messi.

Uning ta’kidlashicha, eng ko‘p ilhom beradigan jihat — yosh futbolchilarga imkoniyat berish. Ya’ni, skautingdan tortib akademiyagacha, sharoitdan tortib motivatsiyagacha — kimdir o‘sishi, o‘z ustida ishlashi va katta maqsadlarga yetishi uchun yo‘l ochib berish. Messi uchun aynan shu jarayon — “menga eng ko‘p yoqadigan va jalb qiladigan narsa”.

Qisqasi, Messi maydonni tark etsa ham, futboldan uzoq ketmoqchi emas. Faqat u bunda “taktika taxtasi” ortida emas, balki katta loyihaning boshida — klub qurish, yoshlarni tarbiyalash va yangi tarix yozish tomonida bo‘lishni ko‘proq xohlayapti. Endi savol bitta: bu orzu qaysi mamlakatda va qachon haqiqatga aylanadi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messining kelajak rejasi: u o‘zini murabbiy sifatida ko‘radimi?