Londonning “Chelsi” klubi Angliya Premyer-ligasining 8-turida “Sauthempton” ustidan gʻalabaga erishdi. Sauthemptondagi “Sent-Meri” stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyindagi birinchi gol muallifi Eden Azar boʻldi, u 30-daqiqada Ross Barklining pasini golga aylantirdi. Bu Barkli uchun London jamoasida ilk bor golli uzatma muallifi boʻlishi edi. Ikkinchi boʻlim boshida Barkli Olivye Jiruning uzatmasini golga aylantirdi. Bu uning London klubidagi ilk goli boʻldi. Oʻyin oxirida Alvaro Morata Azarning pasidan unumli foydalanib, hisobni yirik koʻrinishga keltirdi.
Bu natija evaziga “Chelsi” Premyer-liganing joriy mavsumida magʻlubiyatsiz seriyasini 8 oʻyinga yetkazdi. Bungacha Mauritsio Sarri jamoasi 5 oʻyinda gʻalaba qozonib, 2 oʻyinda durang oʻynagandi.
Ayni vaqtda “Chelsi” ochkolari sonini 20 taga yetkazib, Premyer-liga turnir jadvalida birinchi oʻringa chiqib oldi, “Sauthempton” 5 ochkosi bilan 16-oʻrinda qoldi.
Turning markaziy uchrashuvi Liverpulda “Liverpul” va “Manchester Siti” oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Bu oʻyin natijasiga koʻra “Chelsi” yana birinchi oʻrindan tushib ketishi mumkin - har ikki jamoada ham 19tadan ochko mavjud.
Angliya chempionati
8-tur
Sauthempton – Chelsi 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 30 Azar, 0:2 – 57 Barkli, 0:3 – 90 Morata.
Sauthempton – Makkarti, Xudt, Yosida, Bertran, Bednarek (Romeu, 46), Lemina, Xeybyerg, Redmond, Soaresh, Gabbyadini (Long, 78), Ingz.
Chelsi – Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Barkli (Kovachich, 81), Jorjino, Villian (Pedro, 75), Kante, Azar, Jiru (Morata, 68).
Ogohlantirishlar: Bertran (45), Lemina (54), Soaresh (59), Romeu (61), Xeybyerg (66), Ingz (90). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi