“Arsenal”ning gʻalabalari ortida kim(lar) turibdi?

  • 11-10-2018, 23:30
  • 449
  • Sport
  • “Arsenal”ning gʻalabalari ortida kim(lar) turibdi?
    “Arsenal” qatorasiga olti oʻyinda gʻalaba qozonganidan keyin Premyer Liganing toʻrtinchi pogʻonasiga chiqib oldi. Barcha musobaqalarni qoʻshib hisoblaganimizda esa toʻqqizinchi gʻalabasiga erishdi.

    “Toʻpchilar” nihoyat oʻzlariga tegishli joyga qaytishmoqda. Ularning gʻalabali seriyasi esa chempionat bosh sovrini uchun daʼvogar sifatida tilga olinishga sabab boʻlmoqda. Bunday oʻrin ularga balki oʻzlariga boʻlgan ishonchni qayta taqdim qilar.

    Albatta ishonch futbolchilarga koʻp narsani taqdim qiladi. Aleksandr Lyakazett muxlislarning sevimlisiga aylanib bormoqda, barcha Pyer-Emerik Obameyangning tezligidan hayratda qolmoqda. Aaron Remzining golini 2019-yilgi Pushkash sovrinini yutishi haqida bong urmoqda.

    Biroq yana shunday futbolchilar borki, ular koʻpchilikning eʼtiboridan chetda qolmoqda. Ular ham yaxshi oʻynashdi, biroq yuqoridagi jamoadoshlarining soyasida qolib ketmoqda. Quyida “toʻpchilar”ning gʻalabalariga munosib hissasini qoʻshgan futbolchilarni tahlil qilamiz.

    Petr Chex
    Darvozabon, 5/9 oʻyin oʻtkazgan


    Bernd Leno “Arsenal”ning yozdagi eng yirik haridi boʻldi va ayni vaqtda u oʻzini ijobiy tarafda koʻrsatmoqda. Klub muxlislari darvozada aynan chexiyalik futbolchining boʻlishi bilan gʻalabali seriyaga start berilganini unutmaslik kerak. Afsonaviy posbon hamon oʻzining ajoyib oʻyinlarini namoyish qilishda davom etmoqda.

    Aynan Chex “Vest Xem”ga qarshi oʻyinda 13 ta seyvni amalga oshirib mavsumdagi birinchi gʻalaba qozonishiga yordam bergandi. U keyinchalik “Everton”ga qarshi oʻyinda eng yaxshi futbolchiga aylandi. U londonliklarning mavsumdagi birinchi quruq oʻyin oʻtkazishiga katta yordam berdi. Jarohat unga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin, ammo aynan u tufayli klub gʻalaba qozonishni boshlab oldi.

    Rob Xolding
    Himoyachi 6/9 oʻyin oʻtkazgan


    “Everton”ga qarshi bir taym oʻtkazib jarohat sabab maydonni tark etgan Sokratis oʻrniga tushirilgan Xolding oʻzini koʻrsata boshladi. U Yevropa Ligasi doirasida 90 daqiqa oʻynadi va oʻz oʻyini bilan koʻpchilikda iliq taassurot qoldirdi.

    Xolding oʻshandan beri har bir oʻyinda ishtirok etib kelmoqda. Angliyalik himoyachi asosiy tarkib uchun muhim nomzodga aylanib bormoqda. Sokratis yoki Mustafi yonida Xolding ancha bosiq oʻynamoqda va klub muxlislari Arsen Venger unga imkon berganidan minnatdor.

    Lukas Torreyra
    Yarim himoyachi, 9/9 oʻyin oʻtkazgan


    Yangi vakil “toʻpchilar”ning eng yaxshi transferi boʻlish uchun oʻzini koʻrsatishni boshlab yuborgan. Biroq uni keragicha qadrlashmayotgani ham bor gap.

    Tayanch yarim himoyachisi har bir oʻyinda ishtirok etgan boʻlsada u mavsumni zaxira oʻyinchisi sifatida boshladi. Unay Emeri urugvaylik yosh iqtidor egasiga nisbatan ancha ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

    U “Everton”ga qarshi bellashuvda birinchi marta toʻliq 90 daqiqa oʻynashga muvaffaq boʻldi. Biroq oʻshandan boshlab u yarim himoyada muntazam tarzda paydo boʻla boshladi. Torreyraning yarim himoyada “qora ishlar”ni bajarishni oʻz zimmasiga olishi Granit Jakaga oldinga borish yoʻlini ochib berdi.

    Aleks Ivobi
    Vinger, 7/9 oʻyin oʻtkazgan


    Ivobi “Arsenal”ning toʻp bilan eng koʻp muomala qiladigan futbolchisiga aylangan. Nigeriyalik futbolchi toʻp bilan driblinglar qilishi raqiblarni shoshirib qoʻymoqda va boshqa jamoadoshlari uchun boʻsh maydonlarni yaratib berishga imkon tugʻdirmoqda. Ivobining himoyadagi yordami va pozitsion oʻyinda adashmasligi unga hujum chizigʻida ishtirok etishiga katta yordam bermoqda.

    Uning ishlash koeffitsiyenti va oʻziga boʻlgan ishonchi juda asqotmoqda. U klubning soʻnggi vaqtlarda erishayotgan natijalariga bevosita taʼsir koʻrsatmoqda.
    Erkinjon Gʻaybullayev

    » » “Arsenal”ning gʻalabalari ortida kim(lar) turibdi?