20:46 / 05.11.2018
3 251

«Paxtakor» Buxorodagi «gollar-shousi»da yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Qo‘qon-1912»da irodali g‘alaba

«Paxtakor» Buxorodagi «gollar-shousi»da yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Qo‘qon-1912»da irodali g‘alaba
O‘zbekiston chempionatining 29-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

«Buxoro» o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qildi. Ushbu o‘yinda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yin debyutidayoq «sherlar» oldinga chiqib olishdi: 3-daqiqada Jasurbek Yaxshiboyevning uzatmasidan so‘ng Dragan Cheran boshi bilan raqib darvozani aniq mo‘ljalga oldi. 35-daqiqada Marko Simich uzatgan to‘pni Ismoil Gonsalvesh boshi bilan darvozaga joylab hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas Gonsalvesh dublini nishonladi: burchakdan uzatib berilgan to‘pni himoyachilardan ildamroq harakat qilgan portugaliyalik futbolchi yaqin masofadan raqib darvozasiga yo‘naltirdi.

Ikkinchi bo‘limni ham mehmonlar faol boshlashdi. 60-daqiqada Tiago Bezerra jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni yanada yiriklashtirdi. Shundan so‘ng biroz hotirjamlikka berilgan «Paxtakor» futbolchilari ikkita gol bilan jazolanishdi: 61-daqiqada Akobir To‘rayev mezbonlarning ilk golini urgan bo‘lsa, 73-daqiqada San’at Shixov uzoq masofadan chiroyli zarba yo‘llab sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.

Biroq 77-daqiqada Farruh Sayfiyev mehmonlarning beshinchi golini urgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Jamshid Iskanderov o‘yinga nuqta qo‘yib berdi.

Parallel kechgan bahsda «Qo‘qon-1912» o‘zida «Qizilqum»ni qabul qildi. Unda qo‘qonliklar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

21-daqiqada Ivan Nagayev raqib darvozabonining qo‘pol xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mezbonlar muvozanatni tiklashdi: Murod Holmuhammedov uzoq masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

77-daqiqada Jasur Hakimov yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi va jamoasiga muhim uch ochko keltirgan golga muallif bo‘ldi.

PEPSI Superliga, 29-tur

«Buxoro» – «Paxtakor» 2:6 (0:3, 2:3)
Gollar:
0:1 – 3 Cheran, 0:2 – 35 Gonsalvesh, 0:3 – 40 Gonsalvesh, 0:4 – 60 Bezerra, 1:4 – 61 To‘rayev, 2:4 – 73 Shixov, 2:5 – 77 Sayfiyev, 2:6 – 90+4 Iskanderov.

«Buxoro»: Tursunbayev Akmal, Amanov Bobir, Amanov Arslanmurat, Shixov San’at, Mullajonov Shavkat, Shodmonov Behruz, Hasanov Rabbimjon (To‘rayev Akobir, 46), Ismoilov Ergash, Larinov Vlad, Ibragimov Aziz, Qahramonov Javohir.

«Paxtakor»: Suyunov Eldorbek, Sayfiyev Farrux, Krimets Yegor (Tojiyev Kamoliddin, 46), Simich Marko, Shorahmedov Akmal, Ahmadov Jahongir, Ahmedov Azimjon, Yaxshiboyev Jasur, Cheran Dragan, Gonsalvesh Ismael (Abdurahimov Bahrom, 76), Bezerra Tiago.

Ogohlantirishlar: Ibragimov 9, Yaxshiboyev 70, To‘rayev 79, Shodmonov 82, Simich 90, Erkinov 90.

«Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 21 Nagayev, 1:1 – 45 Holmuhammedov, 2:1 – 77 Hakimov.

«Qo‘qon-1912»: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (70. Jasur Hakimov, 70), 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 79. Iqbol Malikjonov (15. Oybek Rustamov, 67), 96. Muhammadanas Hasanov.

«Qizilqum»: 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev, 5. Giorgi Kvesiyeshvili, 8. Akmal Rustamov (6. Suhrob Yarashev, 80), 10. Alisher Sanoyev (44. Mirjalol Qosimov, 85), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan, 21. Muhsin Ubaydullayev, 50. Eldor Boymatov, 84. Nemanya Yovanovich, 88. Ivan Nagayev.

Ogohlantirishlar: Nagayev 23, Qambarov 55.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» Buxorodagi «gollar-shousi»da yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Qo‘qon-1912»da irodali g‘alaba