O‘zbekiston - Livan (0:0) uchrashuvidan so‘ng livanliklar ustozi Miodrag Radulovich championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.
"Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bugun o‘rtoqlik emas, balki saralash bahsiga o‘xshash edi. Juda ko‘p vaziyatlar, juda ko‘p kurashlar, raqib darvozabonining seyvlari. Natija o‘yinga mos bo‘ldi, faqatgina gol yetishmadi.
O‘zbekiston hurmatga loyiq jamoa. Ektor Kuper taktik jihatdan kuchli murabbiy. Jamoa tarkibida yosh futbolchilar ko‘p. Kozak, Krimets, Sidiqov kabi futbolchilarni ajoyib kelajak kutmoqda. Anzur Ismoilov himoya yetakchisi. Bugungi o‘yinda Ismoilov jiddiy jarohat olmadi deb umid qilaman. Osiyo Kubogida O‘zbekistonga omad tilayman.
O‘zbekiston terma jamoasiga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman. Ushbu yurtdagi barcha do‘stlarimga salom yo‘llayman.
Bugun bir qator yangi futbolchilarni maydonga tushirdik. Shu bois natija biz uchun qoniqarli. O‘zbekiston bungacha Qatar va KXDRni mag‘lub etganini bilaman. Bu juda yaxshi natija", - deydi Radulovich. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?