Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjarbek Rahmonov 9 dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida professional boksdagi 13-jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishdi.
Floyd Meyveyzerga qarashli promouterlik kompaniyasida faoliyat olib borayotgan Rahmonov bu safar amerikalik Jonatan Stil ustidan 8 raundlik jangda ochkolar hisobida g‘alaba qozondi. Uchala hakam ham bir ovozdan (77-75, 77-75, 78-74) Sanjar Rahmonovning g‘alabasini qayd etdi.
"G‘alaba bilan tabriklagan barchaga minnatdorligimni bildiraman. Bayram barchaga muborak bo‘lsin", – deya yozgan Rahmonov "Instagram"dagi sahifasida.
Ushbu g‘alaba Rahmonov uchun professional boksdagi 11-g‘alaba bo‘ldi. Jami 13 marta ringga chiqqan Rahmonov 11 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, bitta jangda durang qayd etilgan. Bitta jangda esa yutqazgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?