“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 21-turida “Manchester Siti”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Oldimizda juda qiyin uchrashuv turibdi. “Manchester Siti” ajoyib murabbiyga ega dunyoning eng kuchli jamoasi. Bu mening shaxsiy fikrim.
Biz boshqa o‘yinlardagi singari bellashuvni ishonchli o‘tkazishimiz va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqimizni namoyish etishimiz lozim.
Ochkolar o‘rtasidagi farq o‘zgaradi, ammo o‘yinga bo‘lgan tayyorgarligimiz o‘sha-o‘sha. Yigitlarimizning o‘yini muxlislarga yoqayaptimi? Albatta. Ammo ular APLdagi chempionlikni nishonlashni boshlashdi, deb o‘ylash xato. Ko‘rsatayotgan o‘yinimiz o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirmoqda. Futbolchilarimizning mahorati yuqori.
Agar “Liverpul” raqibdan 10 ochko ortda qolayotgan bo‘lsa, ularni quvib yetish mumkin, deya olarmidimi? Albatta, yo‘q. Ammo ertaga hali 3 yanvar. Oldinda juda ko‘p tur o‘yinlari bor. Olti ochko o‘ynaladigan judayam muhim o‘yin arafasidamiz. Raqibimiz o‘yinga 100 foiz tayyor va biz ham shunga yarasha bo‘lishimiz lozim”, deydi Klopp. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi