01:23 / 06.01.2019
2 909

Avstraliya termasi ustozi: "Yangi shouni boshlash fursati yetdi"

Avstraliya termasi ustozi: "Yangi shouni boshlash fursati yetdi"
Ertaga Osiyo kubogi-2019 musobaqasida B guruhi jamoalari ham kurashga qo‘shiladilar. Turnirning amaldagi g‘olibi - Avstraliya terma jamoasi ilk turda Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Bugun uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda "yashil qit’a" vakillari bosh murabbiyi Grem Arnold ishtirok etdi.

"Biz to‘rt yil oldin o‘z uyimizda g‘olib chiqqan edik. Ammo ortda qolgan 4 yil davomida ko‘p narsa o‘zgardi: jamoada ham, uning atrofida ham, xatto odamlarning shaxsiy hayotida ham.

Albatta, bu juda ham yorqin xotiralar, ammo biz bor e’tiborimizni ertangi o‘yinga qaratganmiz. Biz o‘tmishni ortga qaytara olmaymiz va oldimizda Osiyo kubogi turibdi. Futbolchilarim bilan yangi shou boshlash vaqti keldi. Har kim bu haqda uzoq gapiradi. Biz bunga yaxshi tayyorlandik va tayyormiz ham", - dedi Arnold.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Avstraliya termasi ustozi: "Yangi shouni boshlash fursati yetdi"