20:23 / 11.01.2019
3 086

Oleg Zoteyev: "Keyingi uchrashuvda kuchliroq o‘yin ko‘rsatamiz"

Oleg Zoteyev: "Keyingi uchrashuvda kuchliroq o‘yin ko‘rsatamiz"
O‘zbekiston milliy terma jamoasining birinchi turda Ummon ustidan qiyinchilik bilan qozongan g‘alabasi haqida har kim o‘z fikrlarini bildirishyapti. To‘g‘ri, bu birinchi o‘yin bo‘lgani uchun ham futbolchilarimiz qiynalishdi. Ammo biz nima bo‘lsa ham yakunda uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Oldinda esa bizni Turkmanistonga qarshi derbi bellashuv kutib turibdi. Hozirda futbolchilarimiz mashg‘ulotlarda ko‘tarinki kayfiyat bilan ushbu o‘yinga tayyorgarlikni olib borishmoqda. Ummonga qarshi bahsda qanot himoyachisi sifatida to‘p surgan Oleg Zoteyev esa Ummon va bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Kutilganidek, birinchi o‘yin juda katta bosim ostida o‘tdi. Chunki bunday yirik musobaqalardagi ilk uchrashuvda albatta har doim hayajon bo‘ladi. Biz faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushganimiz bois zimmamizdagi mas’uliyat ham katta edi. To‘g‘risini aytsam, uch ochkoni qo‘lga kiritib, ijobiy natijaga erishganimizdan hamma xursand. Uchrashuvni hamma ko‘rdi, bilaman o‘yin davomida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Shunday bo‘lsa-da, biz yakunda o‘ta qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritdik.

- Umumiy olib qaraganda, Osiyo Kubogida kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Masalan, o‘sha Ummon terma jamoasi ham kuchli raqiblar qatoriga kiradi. Yaxshi shakllangan jamoa, to‘pni o‘zida yaxshi nazorat qila oladi. Futbolchilari esa individual mahorati bilan ajralib turishadi. Qisqasi, kuchli raqib. Ummonning Yaponiya bilan uchrashuvi qiyin bo‘ladi deb o‘ylayman.

- Ayni paytda mashg‘ulotlarda yo‘l qo‘ygan xatolarimiz ustida ishlayapmiz. Aytishim kerakki, butun jamoada kayfiyat zo‘r. Navbatdagi uchrashuv ham biz uchun juda muhim. Keyingi o‘yinga yanada yaxshi kayfiyat bilan maydonga tushib, kuchliroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Asosiysi, muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishsin, chunki ularning daldasi bizga juda ham muhim – deydi Oleg Zoteyev.
Shuhratbk Jo‘rayev suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oleg Zoteyev: "Keyingi uchrashuvda kuchliroq o‘yin ko‘rsatamiz"