23:23 / 14.01.2019
4 134

Osiyo Kubogi. BAA va Tayland pley-offda, Hindiston musobaqa bilan xayrlashdi

Osiyo Kubogi. BAA va Tayland pley-offda, Hindiston musobaqa bilan xayrlashdi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 3-turi doirasida A guruhidagi o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi.
BAA terma jamoasi Tayland bilan bahs yuritdi. «Hazza Bin Zayed Stadium»da kechgan bahsda durang natija qayd etildi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Ali Mabxut mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Txitipan Puangchan muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Hindiston termasi Bahrayn bilan kuch sinashdi. Sharjada bo‘lib o‘tgan dramatik o‘yinda bahraynliklarning qo‘li baland keldi. Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Jamol Rashid penaltidan gol urib jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Guruhdagi so‘nggi holat bilan tanishing: 1. BAA (5 ochko); 2. Tayland (4); 3. Bahrayn (4); 4. Hindiston (3).

BAA guruhni birinchi o‘rinda yakunladi, Tayland va Bahrayn termalari bir xilda ochko to‘plashdi, o‘zaro o‘yindagi g‘alaba sabab taylandliklar ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Shunga qaramay Bahrayn eng yaxshi uchinchin o‘rin egalari qatoriga kirishi aniq bo‘lib ulgurdi.

Osiyo Kubogi-2019, 3-tur
A guruhi
Hindiston – Bahrayn 0:1
Gol:
0:1 – 90+1, penalti Rashid.
Hindiston – Singx-Sandxu, Djingan, Bous, Kotal, Edatodika (Singx, 4), Xalder, Borxes, Narzari (Tapa, 79), Kuruniyan (Lalpekxlua, 46), Chxetri, Singx.
Bahrayn – Shubbar, Al-Xayyam, Al-Shamsan, Juma (Al-Xusayni, 78), Al-Safi, Reda, Rashid, Ali Maadan (Marun, 55), Said, Al-Romayxi (Yusuf, 61), Al-Asuad.
Ogohlantirishlar: Al-Shamsan (64).

BAA – Tayland 1:1
Gollar:
1:0 – 7 Mabxut, 1:1 – 41 Puangchan.
BAA – Essa, Ahmed, Solih, Ahmed, Muborak, Halfan Muborak (Matar, 84), Hassan, Muhammad (Abdurraxmon, 46), Mabxut, Al-Hammadi (Ahmad Halil, 74), Salmin.
Tayland – Tedsungnen, Promrak, Chunuonsi (Kerdkeev, 31), Bunmatxan, Txongsong, Kesarat (Anan, 90), Puangchan, Songkrasin, Krayson (Djayded, 64), Dangda, Do.
Ogohlantirishlar: Salex (34), Txongsong (79).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. BAA va Tayland pley-offda, Hindiston musobaqa bilan xayrlashdi