17:20 / 15.01.2019
4 364

Osiyo Kubogi. Bugungi o‘yinlar anonsi bilan tanishing

Osiyo Kubogi. Bugungi o‘yinlar anonsi bilan tanishing
BAA maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi musobaqasining 3-tur uchrashuvlari davom etadi. Bugun V guruhi jamoalari o‘z o‘yinlarini o‘tkazadilar.

Birinchi o‘rin masalasini hal qilib qo‘ygan Iordaniya termasi Falastinga qarshi maydonga tushadi. Agar falastinliklar ushbu bahsda g‘alaba qozona olsalar, u holda kamida uchinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladilar.

Guruhning boshqa o‘yinida esa ikkinchi o‘rin uchun kurash boradi. Ushbu turnirni sensatsion mag‘lubiyat bilan boshlagan Avstraliya terma jamoasi musobaqada omadsiz qatnashayotgan Suriya bilan masalaga oydinlik kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa O‘zbekiston guruhidagi ikkinchi jamoa bilan pley-offda to‘qnash keladi.
Osiyo Kubogi-2019, 3-tur
V guruhi


Avstraliya – Suriya
15 yanvar, 18:30
Falastin – Iordaniya
15 yanvar, 18:30

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. Bugungi o‘yinlar anonsi bilan tanishing