03:12 / 07.02.2019
4 162

«Barselona» ilk o‘yinda «Real» bilan durang o‘ynadi. Hammasi "Bernabeu"da hal bo‘ladi

«Barselona» ilk o‘yinda «Real» bilan durang o‘ynadi. Hammasi "Bernabeu"da hal bo‘ladi
Ispaniya Kubogi yarim final ilk bahsidan o‘rin olgan «Barselona» – «Real» Madrid uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

Uchrashuvning ilk daqiqalarida madridliklar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi, Vinisius-Benzema-Vaskes kombinatsiyasini Lukas aniq zarba bilan golga aylantirdi. Tanaffusga qadar ikki jamada ham bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Birinchi bo‘limda ustunlik ko‘proq mehmonlar tomonida bo‘ldi.

Tanaffusdan so‘ng mezbonlar ham jonlanishdi va ikkinchi bo‘limni qator hujumlar bilan boshlashdi. 57-daqiqada Malkom muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda darvozalar dahlsiz qoldi.

Shu tariqa, ilk o‘yinda durang qayd etildi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 27 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya Kubogi
Yarim final, ilk bahs

Barselona – Real Madrid 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 6 Vaskes, 1:1 – 57 Malkom.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur, Buskets, Koutino (Messi, 63), Rakitich (Vidal, 63), Malkom (Alenya, 76), Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lorente (Kazemiro, 63), Vaskes (Asensio, 84), Modrich, Vinisius Junior (Beyl, 64), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ramos (10), Nelson Semedu (43), Suares (56), Marselo (57), Alba (58), Vidal (88).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» ilk o‘yinda «Real» bilan durang o‘ynadi. Hammasi "Bernabeu"da hal bo‘ladi