23:32 / 12.02.2019
4 897

Masharipov: "Bunday gollarni faqat Ronaldu emas, biz ham ura olamiz"

Masharipov: "Bunday gollarni faqat Ronaldu emas, biz ham ura olamiz"
OChL-2019 saralashi doirasidagi "Paxtakor" - "Eyr Fors" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Juda qiyin bo‘lishini bilardik. Bu g‘alaba biz uchun juda muhim edi. Jamoamiz safiga yangi futbolchilar kelib qo‘shildi, barchasidan noldan boshladik. Muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lgandan xursandman. Yigitlarda biroz hayajon ham bo‘ldi.

Faqat Ronaldular ijrosidagi gollarni ko‘ravermaymiz-ku, biz ham shunday gol ura olamiz (kuladi).
Bugungi g‘alabadan havolanib ketmaslik kerak. Chunki oldinda bizni Dubayda juda ham muhim bahs kutib turibdi", - deydi Masharipov Sport telekanali efirida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov: "Bunday gollarni faqat Ronaldu emas, biz ham ura olamiz"