UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Nevada shtati atletik komissiyasi qarori bilan unga solingan jarimani to‘liq to‘lab berdi. Bu haqda sportchining jamoasida ma’lum qilindi.
“Jarima to‘liq atletik komissiyaga kelib tushgan. Xabib va’da qilganidek, o‘z do‘stlari uchun ham jarimani (50 ming dollar) hamda advokat xizmatlarini (250 ming dollar) to‘lab berdi”, deyilgan xabarda.
Nevada shtati atletik komissiyasi Nurmagomedovni Konor Makgregor bilan jangdan keyin yuz bergan mushtlashuv uchun 9 oylik diskvalifikatsiya va 500 ming dollarlik jarima bilan jazolagandi. Mushtlashuvda ishtirok etgan Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov ham bir yillik diskvalifikatsiya va 25 ming dollardan jarima jazosi olishgan.
Nurmagomedov ijtimoiy reklamada ishtirok etib berganda, uning diskvalifikatsiya muddati qisqartirilishi mumkin edi. Biroq rossiyalik sportchi buni qilishdan bosh tortgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?