23:28 / 19.02.2019
4 869

Mirjalol Qosimov: "Raqib haqli ravishda g‘alaba qozondi"

Mirjalol Qosimov: "Raqib haqli ravishda g‘alaba qozondi"
"Al Nassr" - AGMK (4:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov qatnashdi.
"Raqib kuchli jamoa, yuqori tezlikda harakat qildi. Ikkinchi taymda standart vaziyatdan keyin hisobni ochishdi. Bizning jamoa hali mavsumga jismonan tayyor emas. "Al Nassr" haqli ravishda guruh bosqichiga chiqdi", - deydi Mirjalol Qosimov.

- Birinchi taymda himoyada yaxshi o‘ynadinglar. Ikkinchi taymda jamoaingiz sustroq harakat qilgandek bo‘ldi.
- Har doim ham o‘yindan oldingi rejalarimiz amalga oshavermaydi. Qolaversa hali yigitlar jismonan tayyor emas. Hali O‘zbekistonda chempionat boshlanmagan. Shu bois bugun ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib, qarshi hujumda o‘ynashni rejalashtirgandik. Barchasi reja bo‘yicha ketayotgandi, ammo standart vaziyatdan keyin gol o‘tkazib yubordik. Keyin esa yo‘qotadigan narsamiz qolmagandi, chunki 0:2 hisobida yutqazamizmi yoki 0:3 farqi yo‘q edi. Bir nechta imkoniyatlarimiz bo‘ldi, ammo gol ura olmadik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Raqib haqli ravishda g‘alaba qozondi"