11:38 / 15.03.2019
4 990

UYEFA direktori YECHL 1/4 finali juftliklarini oldindan eʼlon qilib yubordi

UYEFA direktori YECHL 1/4 finali juftliklarini oldindan eʼlon qilib yubordi
Xabaringiz bor, YECHLning chorak finaliga bugun qurʼa tashlanadi. Lekin tasodifan, UYEFA direktori oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qurʼa tashlanmasdan turib, natijalar aks ettirilgan suratni eʼlon qilib yubordi.

Surat qoʻyilganiga koʻp boʻlmasdan darhol oʻchirib tashlangan. Lekin bu rasm darhol dunyo boʻylab tarqab ketishga ulgurdi. Fotosuratga koʻra, YECHLning chorak finalida quyidagi juftliklar bir-biriga raqib boʻlishadi.

1. Liverpul – Ayaks
2. Yuventus – Portu
3. Manchester Yunayted – Tottenxem
4. Barselona – Manchester Siti

Qurʼa tashlangandan keyin koʻramiz haqiqatda qanday juftliklar hosil boʻlar ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA direktori YECHL 1/4 finali juftliklarini oldindan eʼlon qilib yubordi