16:32 / 25.03.2019
1 994

Ektor Kuper: “Vaziyatlardan unumli foydalanish ustida koʻproq ishlashimiz kerak”

Ektor Kuper: “Vaziyatlardan unumli foydalanish ustida koʻproq ishlashimiz kerak”
“China Cup” xalqaro turnirining uchinchi oʻrni uchun kechgan Xitoy-Oʻzbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ektor Kuper quyidagilarni taʼkidlab oʻtdi.

«Bugun gol kiritish uchun koʻplab vaziyatlarga ega boʻldik. Ammo ularning faqat bittasidan unumli foydalandik. Biz kelgusida bu yoʻnalishda ish olib boramiz. Oʻylaymanki, bu musobaqadan oʻrin olgan oʻyinlar biz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini oʻtab berdi. Endilikda xato va kamchiliklarni tahlil qilib chiqamiz. Avval ham aytganimdek, bor eʼtiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan.

Oʻzbekistonning Xitoyga qarshi avvalgi oʻyinlari bilan bugungi oʻyinni solishtira olmayman. Men avvalgi oʻyinlarda terma jamoa bosh murabbiyi emasdim. Ammo Xitoy tarkibida yangi futbolchilar borligini bilaman. Kannavaro ular bilan yaxshi jamoa shakllantira olishiga ishonaman. Xitoy ham biz kabi bor eʼtiborini Jahon chempionati saralashiga qaratgan.

Oʻylashimcha, Qatar-2022ga chiqish uchun Osiyodagi barcha terma jamoalar qattiq kurash olib borishadi. Biz yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun bor kuchimizni sarflaymiz», - dedi Kuper.

Argentinalik mutaxassisning maʼlum qilishicha, bugungi bahsning birinchi boʻlimi oxirida shikastlanib zaxiraga olingan yarimhimoyachi Otabek Shukurovning jarohati jiddiy. Terma jamoa shifokorlari uning kamida ikki oyga safdan chiqqanini bildirishgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy jamoasi musobaqaning dastlabki oʻyinida Urugvaydan yengildi (0:3). Xitoyga qarshi uchrashuvda esa 35-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan urilgan yagona gol gʻalabani taʼminladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: “Vaziyatlardan unumli foydalanish ustida koʻproq ishlashimiz kerak”