Belgiyalik sport sharhlovchisi va FIFA agenti Pyer Migisha
Belgiyalik sport sharhlovchisi va FIFA agenti Pyer Migisha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida mehmon boʻlib, qoʻmitaga oʻz xizmatlarini taklif qilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, Migisha bilan qoʻmita bosh kotibi Jasur Matchanov muzokara oʻtkazgan. Xususan, 47 yoshli mutaxassis muzokaralar davomida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
– Bir Olimpiadada 13 ta medal olish har qanday davlatga ham emas. Soʻnggi Olimpiadada sizlar erishgan bunday natija Oʻzbekistonda sportning yuksak rivojlanayotganidan dalolat beradi. Futbol terma jamoangiz ham oʻz oʻrniga ega. Oʻylaymanki, JCHga chiqishda biroz xalqaro tajriba yetishmayapti. Umuman kelishimdan maqsad ham shu – Oʻzbekistonda yirik sport tadbirlarini oʻtkazishda, futbol boʻyicha terma jamoangizning katta jamoalar bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishda yordam berish. Qolaversa, jahon sporti yulduzlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, turli sport boʻyicha murabbiylar uchun seminarlar va oʻquv-dasturlarini uyushtirishdagi tajribamni ham ulashmoqchiman.
Qayd etish lozim, Migishaning sharhlovchilik faoliyati asosan, La Libre Belgique, Canal + va Le Soir kanallari bilan bogʻliq. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi