07:58 / 17.07.2019
2 775

"Paxtakor"ning sobiq legioneri jamoaga qaytdi (foto)

"Paxtakor"ning sobiq legioneri jamoaga qaytdi (foto)
Kechadan "Paxtakor" futbolchilari "Jar" stadionida mashg‘ulot o‘tkazishga kirishishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Asosiy tarkib a’zolari qisqa tanaffusni yakunlab, yana mashg‘ulot jarayoniga qaytishdi. Jaloliddin Masharipov va Odiljon Hamrobekov PFL tomonidan reklama roligini suratga olish jarayonida qatnashishayotgani sababli ertaga klub ixtiyoriga qaytishadi. Huquqiy jihatdan "Paxtakor"ga tegishli bo‘lgan Gidi Kanyuk mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Sadriddin Abdullayev ham umumiy guruhda shug‘ullanmoqda.

20 iyul kuni AGMKga qarshi nazorat bahsi "Paxtakor" stadionida o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ning sobiq legioneri jamoaga qaytdi (foto)