Kecha Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan "Prezident kubogi" musobaqasida yarim final janglari tashkil etildi.
Unda 6 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi (Mirzahalilov jang o‘tkazmadi) va afsuski, hech bir sportchimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
-52 vaznli Foziljon Abdumurodov yarim finalda mezbonlar vakili Saken Bibosinovga, Fazliddin Meliboyev (-69 kg) Ablayxan Jusupovga, -75 kg vaznli bokschimiz Rajabboy Atanazarov Tursunbay Qulaxmetga, 75 kg vazn toifasidagi yana bir bokschimiz Odiljon Aslanov esa yarim finalda rossiyalik Vadim Tukovga, Akmalbek Qosimov (-81 kg) qozog‘istonlik Yerik Aljanovga, mazkur vazndagi yana bir hamyurtimiz Kozim Mardonov esa yarim finalda mezbonlar vakili Bekzat Nurdauletovga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi.
-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mirazizbek Mirzahalilovga terma jamoamiz bosh murabbiylari dam olish imkonini berishga qaror qilishdi. Qayd etish lozimki, Miraziz bu yil hisobidan ko‘plab janglarda ishtirok etdi. Hususan, "Prezident kubogi" turnirida ham ikkita qiyin jang o‘tkazdi. Shu sababli Mirzahalilov yarim finalda Ilyas Suleymanovga qarshi jangda ishtirok etmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi