00:21 / 07.08.2019
2 822

Arveladze: "Humo"ni qo‘llab-quvvatlaymiz

Arveladze: "Humo"ni qo‘llab-quvvatlaymiz
Xabaringiz bor, Toshkentning "Humo" klubi 11 sentyabr kuni Oliy xokkey ligasi muntazam chempionati doirasida "Ryazan" jamoasini qabul qiladi.

Bo‘lajak uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda ham yuqori. Jumladan "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘zining "Instagram" sahifasi orqali barchani "Humo"ni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

"Barchani tabriklayman, bizda xokkey federatsiyasi, "Humo Arena" muz saroyi va "Humo" xokkey klubi bor. Qo‘shimchasiga 11 sentyabr kuni xokkey boshlanadi va barchani tabriklagan holda sizlarni kutaman. Men ham o‘sha yerda bo‘laman", - dedi gruziyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze: "Humo"ni qo‘llab-quvvatlaymiz