3 139
Drulovich Eron bilan o‘yinga "Nasaf"dan 9 nafar va "Bunyodkor"dan 5 nafar futbolchini jalb etdi
O‘zbekiston olimpiya jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi jamoa 28 avgustdan yig‘inga kirishadi va 10 sentyabrga qadar mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Bu yig‘in doirasida 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Har ikki bahsda futbolchilarimizga Eron olimpiya jamoasi raqiblik qiladi.
Dastlabki o‘yin 6 sentyabr kuni Olmaliqda, ikkinchi bahs esa 9 sentyabr sanasida «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi. Har ikki o‘yin ham soat 19:00da start oladi.
Lyubinko Drulovich yig‘inga jami 23 nafar futbolchini jalb etdi.
Qayd qilish joizki, Husniddin G‘ofurov, Oybek Bozorov va Umidjon Ergashev jarohati bois, Hojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniyev, Oston O‘runov, Doston Ibragimov esa milliy jamoa ixtiyorida ekani sabab Eron bilan o‘yinda qatnashmaydi.
Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar:
Abduvohid Ne’matov (20.03.2001), «Nasaf»
Mashxurjon Muhammadjonov (21.02.1999), «Nasaf»
Nizomiddin Ziyovutdinov (25.04.1998), OKMK
Himoyachilar:
Dilshod Saitov (02.02.1999), «Nasaf»
Islom Qobilov (01.06.1997), «Bunyodkor»
Husniddin Aliqulov (04.04.1999), «Nasaf»
Shaxboz Jo‘rabekov (02.02. 1997), «So‘g‘diyona»
Ilhom Alijonov (05.03.1998), «Istiqlol»
Oybek Rustamov (02.04.1997), «Qo‘qon-1912»
Ibrohim Yuldashev (05.06.1999), «Metallurg»
Sherzod Nasrullayev (23.07.1998), «Nasaf»
Yarimhimoyachilar:
Islom Rashidxonov (22.10.1997), «Nasaf»
Sharof Muxitdinov (14.07.1997), «Nasaf»
Abdulla Abdullayev (01.09.1997), «Bunyodkor»
Abrorbek Ismoilov (08.01.1998), «Surxon»
Nurillo To‘xtasinov (19.02.1997), «Bunyodkor»
Sanjar Qodirqulov (27.05.1997), «Bunyodkor»
Islom Kenjabayev (01.09.1999), «Nasaf»
Jasurbek Yaxshiboyev (24.06.1997), OKMK
Asad Sobirjonov (03.08.2000), «Buxoro»
Hujumchilar:
Azizbek Amonov (30.10.1997), «Lokomotiv»
Mirjahon Mirahmadov (15.07.1997), «Bunyodkor»
Bobir Abdixoliqov (23.04.1997), «Nasaf» “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"