O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda rejadagi yig‘inni boshladi, deb xabar beradi O‘FA sayti.
Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilar ilk mashg‘ulotini «Jar» stadionining zaxira maydonida o‘tkazishdi.
Bu yig‘in orqali milliy jamoa sentyabr oyida boshlanadigan JCh-2022 saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 5 sentyabr kuni futbolchilarimiz safarda Falastinga qarshi maydonga tushishi lozim.
Ilk mashg‘ulotda asosan milliy chempionatimizdan to‘p tepayotgan futbolchilar ishtirok etishdi. Legionerlardan faqar Sanjar Shoahmedov yetib keldi. Qolgan futbolchilar yaqin orada milliy jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilishadi.
Futbolchilar 3 sentyabrga qadar Toshkentda shug‘ullanishadi. 29 avgust kungi mashg‘ulotlar «Chig‘atoy» bazasida soat 20:00da o‘tkaziladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi